Melanthiaceae
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

Pseudoclausia 
Liliaceae 
Liliaceae 
Melanthiaceae 
Orchidaceae 
Paeoniaceae 
Dipsacaceae 
Cyperaceae 
Caryophyllaceae 
Caprifoliaceae 
Fumariaceae 
Asteraceae 
Asteraceae 
Home>O`simliklar>Melanthiaceae

 

Savrinjondoshlar (Loladoshlar) oilasi

Melanthiaceae (Liliaceae)

 

 

12.

Kesselring savrinjoni

Colchicum kesselringii Regel

 

Kamyoblik darajasi 3. O`rta Osiyodagi kamayib borayotgan endemo`simlik.

Qisqacha tavsifi. Ko`p yillik tuganak piyozli o`t. Tuganak piyozi cho`ziq-tuxumsimon, diametri 1-3,5 sm, qobig`i dag`al, qora-qing`ir rangli. Poyasi gullash vaqtida yer ostida bo`ladi, mevalash davrida esa yerdan bir oz ko`tarilib turadi. Barglari 3-6 ta, qalami. Gullari 1-4 ta, oq rangli. Tojbargchalarining tashqi tomoni to`q-binafsha chiziqli, qalami-nashtarsimon, to`mtoq. Changchilari qaytaqisidan 2 marta qisqa, changdoni ingichka. Fevral oyida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. G`arbiy Tanshan (Qurama, Chotqol tizmalari)da, Pomir-Oloy (Turkiston, Zarafshon, Ko`xitang tizmalari va Cho`lbayir tog`lari) da tarqalgan (Toshkent, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari). Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`istonda ham uchraydi.

O`sish sharoiti. Tog` etaklaridan to yuqori qismigacha bo`lgan joylarda mayda jins tuproqli va shag`alli yonba g`rlarda o`sadi.

Soni. Tabiatda yakka-yakka holda va to`p-to`p bo`lib uchraydi.

Kipayishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealinnng o`zgarish sabablari. Gullarining ko`plab yig`ib olinishi, chorva mollarining ko`plab boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida 1967 yildan buyon ekilib kelinadi.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Chotqol, Zomin, Nurota, Xisor qo`riqxonalarida muhofaza qilinadi.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005